Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirish va otalikni belgilash tartibi
Agar ota-onalar rasmiy nikohlangan bo`lsalar, ulardan birontasi konsullikka tashrif buyurishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
- Bola onasining yoki otasining arizasi;
- Tibbiy muassasaning farzand tug`ilganligi to`g`risidagi ma’lumotnomasi asl nusxasi;
- Bola ota-onasining pasportlari;
- Bolaning ota-onasi nikohlangani to`g`risidagi guvohnoma yoki uning tasdiqlangan nusxasi;
- Ariza beruvchi yozib qo`yilgan jo`nab ketish varag`ining tasdiqlangan nusxasi (MDH mamlakatlari uchun);
- Agar bolaning ota-onasidan biri xorijiy davlat fuqarosi bo`lsa, bolaning xorijiy davlat fuqarosi bo`lgan otasining (yoki onasining) O`zbekiston Respublikasining tug`ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun notarial tasdiqlangan roziligini ham taqdim etish shart.
Otalikni belgilash
Bolaning onasi bilan nikohda bo`lmagan shaxsning otaligi, o`zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning konsullik muassasasiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.
Agar tug`ilganlikni qayd qilish va otalikni belgilash bir paytda amalga oshirilayotgan bo`lsa, ota-onaning roziligi bilan shu vaqtning o`zida bolaga familiya beriladi, ota haqidagi ma’lumotlar esa berilgan arizaga muvofiq yoziladi. Bunda yolg`iz onaning arizasi talab etilmaydi.
Otalikni ishonchnomaga binoan belgilashga yo`l qo`yilmaydi.
Agar ota-onalar fuqarolik nikohida turgan bo`lsalar (bolaga otalikni belgilangan holda), ota-onaning ikkalasi ham konsulxonaga kelishi shart:
- Bola onasining yoki otasining arizasi;
- Ota va onaning birgalikdagi otalikni belgilash to`g`risidagi arizasi (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi);
- Tibbiy muassasaning farzand tug`ilganligi to`g`risidagi ma’lumotnomasi asl nusxasi;
- Bola ota-onasining pasportlari;
- Agar bolaning ota-onasidan biri xorijiy davlat fuqarosi bo`lsa, bolaning xorijiy davlat fuqarosi bo`lgan otasining (yoki onasining) O`zbekiston Respublikasining tug`ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun notarial tasdiqlangan roziligini ham taqdim etish shart.
Agar bolaning onasi yolg`iz bo`lsa (bolaga nisbatan otalik belgilanmagan holda), konsulxonaga ona kelishi shart:
- Bola onasining arizasi (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
- Tibbiy muassasaning farzand tug`ilganligi to`g`risidagi ma’lumotnomasi asl nusxasi.
- Bola onasining pasporti.