Ўзини ўзи банд қилган аҳоли даромад солиғидан озод қилинади
19 may kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatda davom etayotgan koronavirus tarqalishi va unga bog'liq cheklovlar sharoitida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar muhokama qilinadigan videokonferentsiya bo'lib o'tdi.
Yig‘ilishda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat tiklanayotgani aytildi. Epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda hududlarni "yashil", "sariq" va "qizil" zonalarga ajratib, 110 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlariga faoliyatni davom ettirishga ruxsat berildi va 600 mingdan ortiq kishi o'z ish joylariga qaytdilar.