Koronavirus davrida turistlarning O‘zbekistonda bo‘lishining rasmiy tartib-qoidalari
O‘zbekiston yangi turdagi COVID-19 virusidan holi mamlakat bo‘lib, hozirgi kunda u turistlar uchun doimgidek o‘z eshigini ochmoqda.
Shunga qaramay, mamlakatimizda virusning respublikada tarqalishining oldini olish uchun barcha chora- tadbirlar ko‘rilmoqda, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh sanitariya shifokorining 02.27.2020 yildagi 2-sonli qarori “ Infeksiya epidemiyasi va uning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishiga qarshi qo‘shimcha profilaktika va chora-tadbirlarni takomillashtirish” to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq turistlarning yurtimizga kirishining rasmiy tartiblarini e’lon qilmoqdamiz.
Ushbu buyruqqa ko‘ra:
-barcha fuqarolar (qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar) Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston va Yaponiyadan charter reysi yoki boshqa ixtisoslashtirilgan transportda kelganlar, maxsus karantin tibbiy muassasalarga 14 kun davomida tibbiy xodimlar nazorati ostida joylashtirilsin.
-Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Singapur, Ispaniya, Gongkong, Makao, va Tayvanddan transit bilan O‘zbekistonga kelgan barcha fuqarolar dastlabki ko‘rikdan o‘tadilar, agar natija salbiy bo‘lsa (virus belgilari aniqlanmagan bo‘lsa), ular uy sharoitida (turar-joy binosi, kvartira, mehmonxona) izolyatsiyaga joylashtriladilar.
Ta’kidlab o‘tishimiz joizki: aeroportda tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng, turist anketani to‘ldiradi, unga ko‘ra turistning O‘zbekistonda bo‘lish muddati va u yashaydigan mehmonxona yoki boshqa turar joy manzili ko‘rsatilishi zarur. 14 kun davomida fuqarolar jamoat joylariga bormasdan va yaqinlari bilan aloqada bo‘lmasdan ushbu binolarda yakka holda yashashlari kerak. Ushbu davrda ularga bemorning sog‘lig‘ini kuzatadigan va uyda zarur muolajalarni o‘tkazadigan uchastka shifokori tayinlanadi. Qoida buzilgan taqdirda, fuqaroga ma’muriy jarima solinadi.
-Tailand, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Malayziya, BAA dan O‘zbekistonga kelgan barcha fuqarolar yashash joyidagi kasalxonaga ro‘yxatga olinadi, ularning sog‘lig‘i shifokorlar tomonidan uzoqdan kuzatilinadi. Ularning gavjum joylarga tashrif buyurishi tavsiya etilmaydi.
-Bahrayn, Kuvayt, Armaniston,Belorusiya, Amman, Pokiston, Gruziya, Chexiya, Iroq, Livan, Kanada, Litva, Estoniya, Ruminiya, Gretsiya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiyadan O‘zbekistonga kelgan barcha fuqarolar hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarini oldindan xabardor qilgan holda, mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanishlari mumkin.
Shunga qaramay, ular gavjum joylarda bo‘lishlari va boshqalar bilan aloqa qilishlari tavsiya etilmaydi. Tibbiy xodim tomonidan ushbu fuqaro haqida har kun so‘rov qilinib turiladi.
*Davlat tashkilotlari a’zolari, shuningdek, diplomatik va xizmat pasportlariga ega shaxslar, transport bilan shug‘illanuvchi ekipaj a’zolari, xalqaro transport haydovchilari bundan mustasno.
**Ushbu tartibni buzgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Kodeksiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
*** 14 kundan so‘ng agar fuqarolarda kasallik alomatlari topilmasa, O‘zbekiston bo‘ylab erkin harakatlanishlari mumkin.
****Yuqorida qayd etilmagan mamlakatlardan kelgan fuqarolar O‘zbekistonga bemalol sayohat qilishlari mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi