7 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletika bo'yicha Paraolimpiya Jahon Chempionati boshlandi.
7 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletika bo'yicha Paraolimpiya Jahon Chempionati boshlandi. Jamida 1400 sportchi medal va Paraolimpiya-2020 yo'llanmalari uchun kurashmoqda, deya xabar beradi Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining telekanali. 15 noyabrga qadar davom etadigan musobaqada O'zbekistondan 25 sportchi ishtirok etmoqda.
Milliy Olimpiya Qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, musobaqaning birinchi kunida O'zbekistonlik para-sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Doniyor Soliev T-12 uzunlikka sakrashda 7,44 metr natijani ko'rsatib, oltin medal va Tokio-2020 Paraolimpiya o'yinlariga yollanmani qo'lga kiritdi. Milliy Olimpiya Qo'mitasi ta’kidlashicha, bu O'zbekiston paraatletlarining sakkizinchi litsenziyasi. Sentyabr oyida suzuvchilar Shohsanam Toshpo'latova, Islom Asanov va Firdavs Musabekov Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya-2020 musobaqa yo'llanmasiga sazovor b’oldilar.
15 noyabr kuni O‘zbekistonning Dubay va Shimoliy Amirliklardagi Bosh konsulligida O‘zbekiston Paraolimpiya jamoasi va O‘zbekiston Paraolimpiya qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bosh konsul Alisher Salomov sportchilarni g'alaba bilan tabrikladi va suhbat chog’ida mamlakat rahbariyatining yoshlarni qo'llab-quvvatlashga, ularning o'sishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratishga katta e'tibor berayotganini ta'kidlab o’tdi.