Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
“Pandemiyadan kuchli bo‘lib chiqishning birdan bir yo‘li – kichik biznes va tadbirkorlikka qulay muhit yaratish”, – dedi Prezident.
Karantin talablarining yumshatilishi natijasida korxonalar faoliyati tiklandi. Biroq 69 mingta tadbirkorning faoliyatini jonlantirish kerakligi ta’kidlandi.
Joylardagi rahbarlar 9 oy yakuni bo‘yicha ularning kamida 70 foizini, yil yakuniga qadar to‘liq quvvat bilan ishlashiga mas’ul va javobgarligi belgilandi.
Prezident bir-biriga zid bo‘lgan karantin talablarini tanqid qildi. Tadbirkorlar karantin qoidalariga amal qilishda sanitariya va yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan tushunarsiz va bir-biriga zid talablarga duch kelmoqda.
Shu bois, tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari asosida joriy tartiblarni qayta ko‘rib chiqib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tushunarli shaklda aholiga yetkazish topshirig‘i berildi.
O‘tgan yilda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarning, ya’ni, yangi biznes sub’ektlarining 23 mingtasi yoki 24 foizi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmayapti. Mas’ul rahbarlar ular bilan muloqot qilishi, tez fursatlarda ularni ishga tushirish choralari ko‘rilishi belgilandi.
Faoliyat boshlayotgan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqiladi. Bunda tadbirkorni maxsus kurslarda o‘qitish, sub’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish, asbob-uskuna sotib olish xarajatlarining bir qismiga grant ajratish nazarda tutiladi.
Ushbu tizimning vertikal ijrosini ta’minlash uchun hozirda faqat respublika darajasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ishini tumangacha tushirish lozimligi qayd etildi.
Xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun eng qulay, ko‘p va yuqori daromadli ish joylari tashkil etish mumkin bo‘lgan 31 ta o‘rta shaharlarni xizmat ko‘rsatish markazlariga aylantirish topshirig‘i berildi.
Keyingi yillarda soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi natijasida biznes ixtiyorida 2019-yilda 12 trillion so‘m qoldi, 2020-yilda yana 11 trillion so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda.
Endi yangi vazifa, ya’ni, “Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” tizimini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.
1-iyuldan boshlab ilk marotaba tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish mexanizmi amalga kiritildi. Ushbu yangilik orqali joriy yilning birgina uchinchi choragida tadbirkorlarga 700 milliard so‘mni aylanma mablag‘ sifatida o‘zida qoldirish imkoniyati yaratilmoqda.
Prezident joylarda haligacha tadbirkorlarga yer va bino-inshootlar ajratishda ko‘plab to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi. Bularni ochiq savdoga, elektron auksionga chiqarish jarayonlarini jonlantirish vazifasi qo‘yildi.
“Sohadagi o‘zgarishlarni odamlar sezishi kerak, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda buni keng yoritib borish zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.