TIV Operativ shtabi faoliyati to‘g‘risida
2020-yil 16-martdan boshlab O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida, xorijdagi barcha elchixonalari va konsullik muassasalarida vatandoshlarning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablar ochildi.
Hozirgi kunda Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Shtabning barcha telefonlari ishlab turibdi: “call-center” – 1164 (ko‘p kanalli), + 998-71-233-28-28, + 998-97-136-51-51 (mobil).
Ikki kun davomida “call-center”ga 2000 dan ortiq fuqaro murojaat qildi, Telegram messenjeri orqali (+998-97-136-51-51) 3000 dan ortiq xabarlar kelib tushdi.
Fuqarolar birinchi galda vatanga qaytishda yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qilmoqdalar. Deyarli barcha murojaatlar vazirlik rahbariyatiga yetkazilib, ular bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilinmoqda. Xususan, mamlakatimizning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalarida charter reyslarini tashkil etish uchun O‘zbekistonga qaytishni istagan vatandoshlar ro‘yxatini tuzilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz