Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 16-martdan boshlab O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan barcha xalqaro avia, avto va temir yo‘l qatnovlarini vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qarori va buning natijasida yuzaga keluvchi muammolar munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, elchixonalar va konsullik muassasalarida O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari murojatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablat tuzilganligini ma’lum qilamiz.
O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari xorijda qolib ketgan vatandoshlarimizga charter aviareyslar bilan vatanga qaytishlarida ko‘maklashadi. Fuqarolarimiz vatanga qaytishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘lishlari shart.
2020-yil 16-martdan O‘zbekistonga chet el fuqarolarining kiritmaslik to‘g‘risidagi qarorning kuchga kirganligi munosabati bilan elektron ko‘rinishdagi vizalarni rasmiylashtirish va berish tizimi faoliyati, ularni xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda berilishi to‘xtatildi.
Diplomatik vakolatxonalarga xorijlik sheriklarimizga o‘z fuqarolarini O‘zbekistondan vatanlariga olib chiqib ketishga ko‘maklashish uchun Hukumatimiz tomonidan barcha choralar ko‘rilishini yetkazish to‘g‘risida topshiriq berildi.
Shu bilan birga respublika diplomatik vakolatxonalaridagi barcha bayram va boshqa ommaviy tadbirlar bekor qilindi, barcha xodimlarning xorijda uyushtiriladigan shu kabi tadbirlarda ishtiroki cheklandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi eslatib o‘tadi:
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirish borasida 2020-yil 16-martdan joriy qilingan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.
Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz