Eronga gumanitar yordam yuboriladi
Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish toʻgʻrisida Hukumat farmoyishi (140-f-son, 12.03.2020-y.) qabul qilindi.
Farmoyishga koʻra, Eron Islom Respublikasi hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan taʼminlashda yordam koʻrsatish yuzasidan murojaatini qoʻllab-quvvatlash, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:
- bir martalik steril tibbiy qoʻlqoplar;
- himoya qiluvchi kombinezon;
- maxsus tibbiy forma;
- tibbiy niqoblar;
- tibbiy doka;
- tibbiy spirt;
- gigiyenik gel;
-“Rutan” tabletkalar.
Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali