Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil
2-sentyabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi
924–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining
2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 4, 136-modda; 2018-yil, № 7, 486-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 261-modda, № 9, 589, 591-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 27-modda birinchi qismining:
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 38-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlaydi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) quyidagi mazmundagi 691-modda bilan toʻldirilsin:
«691-modda. Sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlash
Sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlashga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlanadi.
Sudlarda ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi».
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil
29-avgustda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi 670–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9,
170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda)
18-moddasining birinchi qismidagi “bir oy” degan soʻzlar “oʻn besh kunlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil
22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1,
3-moddalar) 17-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning
ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi».
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil
24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud hujjatlari axborot tizimidan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shakllantirilishi mumkin”;
2) 17-moddaning birinchi qismidagi “shuningdek” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3) 150-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkin”;
4) 162-moddaning birinchi qismi “Sudya” degan soʻzdan keyin «daʼvo arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha majlis oʻtkazilgan hollarda esa daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan
va ish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 163-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “daʼvo arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil
25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10,
672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1,
1-modda) 18-moddasining birinchi qismidagi “shuningdek” degan soʻz chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova) 56-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa manfaatdor shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH. Mirziyoyev
Toshkent shahri,
020-yil 10-mart
№ OʻRQ—607