O‘zbekistonda Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi
Farmonga koʻra, Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida:
- 2020-yildan boshlab paxta xomashyosi ishlab chiqarish va majburiy sotish rejasi, uning narxi davlat tomonidan belgilanmaydi va davlatga majburiy gʻalla sotish hajmi 25 foizga kamaytiriladi;
- 2020-yilda litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar kamida ikki baravarga qisqartiriladi;
- 2020-yil 1-iyundan boshlab aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifati yana-da oshiriladi, zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini koʻpaytiriladi;
- 2020-yil 1-iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi;
- 2020-yil 1-iyundan mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish boʻyicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya toʻlanadi;
- 2020-yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratiladi va 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali