Toshkentda o‘tkaziladigan I Xalqaro investitsiya forumi noyabrga qoldirildi
2020-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Koronavirusning tarqalishi sababli global epidemiologik vaziyat yomonlashayotgan bir paytda, O‘zbekiston Respublikasi hukumati Toshkent I Xalqaro investitsiya forumi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisini 2020 yilning noyabr oyiga qoldirishga qaror qildi.
Bu qaror Forum qatnashchilari, shu jumladan xorijiy mehmonlar va yurtimiz fuqarolari orasida 2019 nCov virusining tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rish ehtiyojidan kelib chiqdi.
Qo‘shimcha ravishda Toshkent Xalqaro investitsiya forumi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar e’lon qilinadi.
O'zA