Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2020-yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Tashkent shahriga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston kun tartibining muhim dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar barcha yo‘nalishlarda hamkorlikning faollashganini qayd etdilar. Xususan, o‘zaro tovar aylanmasi 2017-2019-yillarda 3,2 barobar oshib, o‘tgan yili 800 millon AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etdi. Chegaradosh hududlar rahbari o‘rtasida va boshqa darajalarda muntazam aloqalar mavjud.
Uchrashuvda 2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlari ta’kidlandi.
Muzokaralarda Qirg‘iziston Elchisi Ibragim Junusov ishtirok etdi.