Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi :
1. Aripov Abdulla Nigmatovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T.Narbayeva
Toshkent shahri,
2020-yil 21-yanvar