Osiyo parlament assambleyasi Bosh kotibi bilan uchrashuv
2019-yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Osiyo parlament assambleyasi Bosh kotibi Muhammad Rizo Majidi bilan uchrashdi. U Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlarga kuzatuvchi sifatida kelgan.
Uchrashuv chog‘ida Muhammad Rizo Majidi ovoz berish jarayonining yaxshi tashkil etilganligini va joylarda mahoratli rahbarlik tashkillashtirilganligini yuqori baholadi. Saylovchilarning saylovda faol ishtirok etishi vakillik hokimiyat organlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi rolini kuchaytirish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi siyosiy yo‘nalishini aholi qo‘llab-quvvatlayotganligining tasdig‘i ekanligi ta’kidlandi.
Tomonlar O‘zbekistonning yangi parlamenti va Osiyo Parlament Assambleyasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston va assambleya o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy masalalari ham muhokama qilindi.