Rossiyaning Markaziy federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari saylovda ovoz bermoqdalar
2019-yil 22-dekabr kuni soat 8:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da) O‘zbekistonning Moskva shahridagi (Rossiya) Elchixonasi huzurida tuzilgan 31-saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda ovoz berish boshlandi.
Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra uchastka Toshkent shahridagi 144-saylov okrugiga biriktirilgan.
12-18-dekabr kunlari Rossiya Markaziy federal okrugining O‘zbekiston fuqarolari zich yashaydigan qator hududlarida muddatidan oldin ovoz berish bo‘lib o‘tdi.
22-dekabr kuni quyidagi saylov uchastkalarida ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 gacha davom etadi:
- O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi huzuridagi 31-saylov uchastkasida, manzil: Moskva shahri, Pogorelskiy tor ko‘chasi, 12.
- O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi huzuridagi 54-saylov uchastkasida, manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11, 2-bino.