15-dekabr kuni Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining parlament saylovida muddatidan oldin ovoz berishi davom etdi
2019-yil 15-dekabr kuni ertalab soat 9.00 dan (Toshkent vaqti bilan soat 5:00) Amur viloyatining Svobodnenskiy tumanidagi “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasining vaqtincha vaxta shaharchasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda muddatidan oldin ovoz berish davom etdi.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, dastlabki uch kun ichida deputatlikka nomzodlarga muddatidan oldin ovoz berish bo‘yicha sayyor punktda 4700 ga yaqin saylovchi ovoz berdi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Bosh konsulxona huzurida 14-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 144-Do‘mbirobod saylov okrugiga biriktirilgan.
Saylov uchastkasining manzili: Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi 46-uy. Telefon raqamlari: +7-423 260-48-00, +7-951 018-70-07.
2019-yil 17-18-dekabr kunlari soat 9.00 dan 18.00 ga qadar O‘zbekiston fuqarolari Primorye o‘lkasi Mixaylovkiy tumani Dubki qishlog‘i “Esta Construction” kompaniyasi vaqtincha vaxta shaharchasida muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin.