Italiya Bosh vazirining maslahatchisi bilan uchrashuv
2019-yilning 11-dekabr kuni Rim shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Respublikasi Bosh vazirining diplomatik Maslahatchisi, Elchi Pietro Benassi bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalar muhokama qilindi.
Bo‘lajak O‘zbekiston-Italiya sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi, uning mazmunli qismi va shartnomalar loyihalari batafsil ko‘rib chiqildi.