Vatikandagi uchrashuv to‘g‘risida
2019-yilning 11-dekabr kuni bugun Rim shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vatikanning davlatlar bilan munosabatlar bo‘yicha kotibi, arxiyepiskop Pol Richard Gallaxer bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi hamkorlikka oid qator masalalarni muhokama qildilar.
1992-yil oktabr oyida boshlangan ikki tomonlama munosabatlarning dinamik ko‘rinishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, birgalikda jamlangan hamkorlik tajribasi davlatlararo aloqalarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat rahbarlarining muloqoti va boshqa darajadagi doimiy aloqalar O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va ularga e’tibor qaratish imkonini berishi ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.