O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari saylovga tayyor
Mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari 2019-yil 22-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazishga tayyor ekanligi haqida ma’lum qiladi.
Muddatidan oldin ovoz berish 12-dekabr kuni soat 9.00 da (Toshkent vaqti bilan 19:00) Vashington shahridagi Elchixona va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonada boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq, AQSh hududida 150-Shayxontohur saylov okrugiga biriktirilgan mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasida 12-sonli va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasida 33-sonli saylov uchastkalari tashkil etilgan.
Saylov uchastkalari ovoz berish uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlangan, yashirin ovoz berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, uchastka komissiyasi faol ishlamoqda.
AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi vatandoshlar quyidagi nomzodlar uchun ovoz berishlari mumkin:
- Abdullayev Baxtiyor Nigmatillaevich, O‘zXDP Markaziy Kengashi tashkiliy nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, Xalq demokratik partiyasi nomzodi;
- Jumayev Nodir Xosiyatovich, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professori, Liberal-demokratik partiyasi nomzodi;
- Kasimova Feruza Ergashevna, Toshkent arxitektura va qurilish instituti birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzodi;
- To‘raqulov Zohid Abdumalik o‘gli, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi boshlig‘i, Ekologik partiyasi nomzodi;
- Tursunova Gulchehra Xodjakbarovna, “O‘zavtortranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat unitar korxonasi bosh direktorining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomzodi.
AQShning chekka mintaqalari va Kanadada zich istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolariga maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida muddatidan oldin ovoz berish uchun qo‘shimcha punktlar tashkil etildi, ular quyidagi muddatda va manzilda o‘tkaziladi:
- 13-dekabr, Orlando shahri (Florida shtati), 5828 Hazeltine National Drive;
- 13-dekabr, Chikago shahri (Illinoys shtati), 716 Algonquin road, Algonquin Heights;
- 14-dekabr, San-Frantsisko shahri (Kaliforniya shtati), 2525 Geneva Avenue, Daily City;
- 14-dekabr, Bruklin shahri (Nyu-York shtati) 16 Brighton 1 street Road;
- 15-dekabr, Atlanta shahri (Jorjiya shtati), 870 Buford Highway Cumming, GA 30041;
- 15-dekabr, Filadelfiya shahri (Pensilvaniya shtati), 1135 Bustleton Pike #2, Feasterville-Trevose;
- 15-dekabr, Sietl sahri (Vashington shtati), 800 Edmonds Ave NE, Renton;
- 15-dekabr, Toronto shahri (Kanada), 1110 Finch Avenue West.
O‘zbekiston fuqarolari barcha masalalar bo‘yicha quyidagi aloqa ma’lumotlari orqali murojaat qilishlari mumkin:
O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi – Tel: +1-202-887-5300 (ichki 1), Tel./telegram: +1-202-251-8298, elektron pochta: consul.washington@mfa.uz, telegram-kanal : @ElchixonaUz, veb-sayt: www.uzbekistan.org;
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi – Tel: +1-212-754-7403 // +1-212-754-6178 (ichki raqamlar 107 va 109), Tel: +1-917-539-4664, +1-347-217-4406, elektron pochta: info@uzbekconsulny.org, veb-sayt: www.uzbekconsulny.org.