Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugida O‘zbekiston fuqarolari parlament saylovida muddatidan oldin ovoz berishni boshladilar
2019-yil 12-dekabr kuni ertalab 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sayloviga muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.
O‘zbekistonning Vladivostok (Rossiya) shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Amur viloyati Svobodny tumani “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasining Vaqtincha vaxta shaharchasida mahalliy vaqt bilan soat 12.00 da 600 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari o‘z saylov huquqlaridan foydalandi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Bosh konsulxona huzurida 14-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 144-Do‘mbirobod saylov okrugiga biriktirildi.
Saylov uchastkasining manzili: Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi 46-uy. Telefon raqamlari: +7-423 260-48-00, +7-951 018-70-07.
Fuqarolarimiz quyidagi manzillarda muddatidan oldin ham ovoz berishlari mumkin:
№ |
Muddatidan oldin ovoz berish sanasi |
O‘tkazilish manzili joyi |
Uchastka saylov komissiyasining telefon raqamlari |
|
2019-yil 12-15-dekabr soat 9.00 – 18.00. |
Amur viloyati, Svobodny tumani, “Renaissance Heavy Industries”, Vaqtincha vaxta shaharchasi |
+7-423 260-48-00 +7-951 018-70-07 |
|
2019-yil 17-18-dekabr soat 9.00 – 18.00 |
Primorye o‘lkasi, Mixaylovka tumani, Dubki qishlog‘i “Esta Konstrakshen” kompaniyasi, Vaqtincha vaxta shaharchasi |