Saylov kodeksiga koʻra, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi
Saylovchilar roʻyxatlari Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakllantirish boʻyicha axborot tizimi maʼlumotlari asosida tuziladi.
Shunga koʻra, Markaziy saylov komissiyasining “Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidan foydalanishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-dekabrdagi № 994-son qarori qabul qilindi.
Qarorda saylovchining qaysi saylov uchastkasi boʻyicha (doimiy yoki vaqtincha propiska (hisobda turish) joyi boʻyicha) saylovchilar roʻyxatiga kiritilishini aniqlash tartibi belgilandi.
Qarorga koʻra, saylovchi yashab turgan joyi boʻyicha propiskada turmaganda, vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi va ovoz berishi mumkin.
Bunda saylovchi yashab turgan joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha roʻyxatga kiritilishi uchun shu hududdagi uchastka saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolgunga qadar (19-dekabrgacha) murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali