Dubay va Shimoliy Amirliklar hududida istiqomat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga!
2019-yil 22-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Dubaydagi bosh konsulligida parlament saylovi bo'lib o'tadi. Agar fuqarolar uzrli sabablarga ko'ra mazkur kunda saylovda ishtirok eta olmasalar, O'zbekiston Respublikasi saylov kodeksining 57-moddasiga muvofiq ular muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin.
Erta ovoz berish 12 dekabrdan 19 dekabrgacha Dubayda Bosh konsulxona binosida bo'lib o'tadi. Buning uchun saylovchi saylov kuni (ta'til, sayohat, chet elga chiqish va h.k.) yo'qligi sababini ko'rsatgan holda tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi.
O'z ovozini muddatidan oldin berishni istagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari 2019-yil 07-dekabrga qadar yozma shaklda (yoki elektron pochta manziliga: ae.uzconsulate@mfa.uz>, quyidagi hujjatlar va ma'lumotlarni ilova: pasport nusxasi, oxirgi yashash manzili, telefon raqami).
Manzil – konsullik Bosh binosi-Dubay, Bur Dubay, Umm Xurayr 1, 3 ko'chasi, № 13, (+9714)370-6060, (+9714)370-6063.