Toshkentdagi davlat ulushi mavjud jamiyatlarning 6 tasi sotildi
“Faiz sharob savdo” MChJ, “Bezak” MChJ, “4-sonli stomatologiya poliklinikasi” DUK va boshqalar.
Toshkent shahridagi davlat ulushi mavjud jamiyatlarning 6 tasi sotildi, xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
30-sentabrdan 11-oktabrga qadar E-ijro auksion elektron savdo maydonchasi orqali quyidagi davlat mulki obyektlari investor va tadbirkorlarga sotildi:
Obyekt nomi |
Davlat ulushi |
“Faiz sharob savdo” MChJ |
100% |
“M.Ulug‘bek tuman hududiy ixtisoslashgan sharob-savdo bazasi” MChJ |
100% |
“Uchtepa sharob savdo” MChJ |
100% |
“4-sonli stomatologiya poliklinikasi” DUK |
100% |
“Bezak” MChJ |
17,5% |
“O‘zimpeksaloqa” MChJ |
51,9% |
Vazirlar Mahkamasining sentabr oyidagi qarori bilan 63 ta jamiyatdagi davlat aksiyalari (ulushi) paketi ustuvor huquqlar qoʻllanmagan holda ommaviy savdolarga qoʻyilishi belgilandi. Ular orasida “Ipak Yo‘li” banki (0,41%), “Chotqol” MChJ (12,50%), “Baxmal agro silver” MChJ (16,20%) oʻrin olgan.
Ilgari Spot davlatning fevral oyida “Uzbekistan” mehmonxonasidagi, sentyabr oyida “Andijon yog‘-moy” AJ ustav kapitalidagi ulushi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.
Spot.uz