Konsullik xizmatlari uchun to'lovni bank o'tkazmasi orqali to'lash masalasi ko'rib chiqilmoqda
Hurmatli O'zbekiston Respublikasining Dubaydagi Bosh Konsulxonasi tashrif buyuruvchilari!
Bosh konsulxonaga tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida hozirgi vaqtda konsullik xizmatlari uchun to'lovni bank o'tkazmasi orqali to'lash masalasi ko'rib chiqilmoqda.
Hisoblashning ushbu turi O'zbekiston Respublikasi Bosh Konsulligida joriy yilning 12 oktyabridan boshlab joriy etiladi.
Shu munosabat bilan, yaqinda to'lov terminali o'rnatilishi haqida xabar beramiz, u orqali siz konsullik xizmatlari uchun quydagi to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin:
- Bank to'lov kartalari;
- «Emirates NBD Bank» filiallari orqali O'zbekiston Respublikasining Dubaydagi Bosh Konsulxonasi hisob raqamiga to'lovlarni amalga oshirish;
- Onlayn to'lovlar, agar konsullik xizmati uchun to'lov "Interaktiv konsullik xizmatlari" orqali amalga oshirilgan bo'lsa, (http://consul.mfa.uz)
O'zbekiston Respublikasining Dubaydagi Bosh konsulligi.