"Made in Uzbekistan" xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasi
2019 yil 23-25 oktyabr kunlari Toshkent shahrida (O'zbekiston Respublikasi) "Made in Uzbekistan" xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.
Tadbirning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasining eksportga yo'naltirilgan mahsulotlarini namoyish etish, potentsial xorijiy sheriklar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni o'rnatish. Ko'rgazma doirasida O'zbekiston Respublikasi tarmoqlarining eksport salohiyati taqdimotlari va o'zbek mahsulotlarini eksport qiluvchilar va iste'molchilari o'rtasida ikki tomonlama muzokaralar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ko'rgazma quyidagi tematik bo'limlarni o'z ichiga oladi:
- Tog'-kon sanoati;
- Neft va gaz sektori;
- Kimyo sanoati;
- Farmatsevtika sanoati;
- Avtomobilsozlik va mashinasozlik;
- Elektrotexnika;
- Qurilish sanoati;
- To'qimachilik va charm-poyabzal sanoati;
- Xalq san'ati.
Qatnashish istagi bo'lganlarga bog'lanish uchun: O'zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligining Bosh konsuli Nastriev Fariddin Badriddinovich, tel .: 8 (965) 580-75-00, e-mail: f.nasriev@mfa.uz.