2019 yil 5 sentyabrda Bosh Konsulxona vakillari Dubaydagi O'zbek jamoasi faollari bilan birgalikda ikkita muhim tadbir o'tkazdilar.
2019 yil 5 sentyabrda Bosh Konsulxona vakillari Dubaydagi O'zbek jamoasi faollari bilan birgalikda ikkita muhim tadbir o'tkazdilar.
Birinchidan, "O'zbekiston mustaqilligi - tariximiz va kelajakdagi maqsadlar" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda mamlakat va jamiyatning jadal rivojlanishi bilan bog'liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ikkinchidan, o'sha kuni kechqurun Dubaydagi shinam qahvaxonada O'zbekistonning Mustaqillik kuniga bag'ishlangan bayram oqshomi bo'lib o'tdi. Кечада 50 dan ortiq yurtdoshlarimiz oilalari va farzandlari bilan ishtirok etishdi. Bayram oqshomda rasmiy nutqlar va qiziqarli tanlovlar bo'lib o'tdi.
Ikkala tadbir ham ijobiy va ko’tarinki kayfiyatda o'tdi va Dubaydagi o'zbekistonlik fuqarolarimiz qalbida o'chmas iz qoldirdi.