O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi xorijiy kinokompaniyalarni taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan kinoturizmni rivojlantirish, xorijiy kinokompaniyalar uchun respublika hududida filmlarni tasvirga olish ishlarida bepul asosda tashkiliy, ishlab chiqarish va texnik yordam ko‘rsatish hamda mamlakat kinolokatsiyasini xorijda keng targ‘ib qilish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi ta’sis etildi.
2019-yil 13-avgustdagi Prezident Farmoniga asosan “European Film Market” (Germaniya, Berlin), “India International Film Tourism Conclave” (Hindiston, Mumbay), “FILMART” (Xitoy, Gonkong), “Marche du film” (Fransiya, Kann), “Shanghai IFF” (Xitoy, Shanxay), “Toronto IFF” (Kanada, Toronto), “Asian Film Market” (Janubiy Koreya, Pusan), “American Film Market” (AQSh, Santa-Monika), “Focus” (Buyuk Britaniya, London) kabi nufuzli kinotadbirlarda O‘zbekiston milliy pavilionlarini tashkil qilish O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy kinokomissiya har yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgadigan “PROlouge” xalqaro kinofestivalining direksiyasi hisoblanadi.
Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan amal qiluvchi «rebate» tizimini targ‘ib qilish vazifasi milliy kinokomissiya zimmasiga yuklatilgan. Endilikda O‘zbekiston xorijiy kinokompaniyalarni Respublika hududida suratga olingan filmlarni ishlab chiqarish budjetining 20 foizini qoplaydi.
Bundan buyon O‘zbekiston xorijlik kinoprodusserlari uchun munosib kurash olib boradi, bu nafaqat sayyohlar oqimi ortishiga, balki O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan xorijiy kinoloyihalar uchun sarflangan xarajatlar mamlakat budjetida qolishini ta’minlaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Siz ushbu tashkilotning rasmiy veb-saytiga uzbekistanfilmcommission.com kirib, barcha xizmatlar, loyihalar va yangi “onlayn murojat” mexanizmi bilan tanishishingiz mumkin.