Samimiy qutlovlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sogʻlik, omonlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaklari bildirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Mustaqillik kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga eng samimiy tabriklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bagʻishlaydi.
Biz xalqaro hamkorlik har qachongidan-da zarur boʻlgan murakkab davrda yashamoqdamiz. Biz, xalqlar, tinchlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini taʼminlash yoʻlida vijdonan birlashsak, bundan butun dunyo yutadi.
Ushbu bayram arafasida mamlakatingiz Birlashgan Millatlar Tashkilotini mustahkamlashga koʻmaklashish hamda barcha uchun yorqin kelajakka erishish borasidagi umumiy saʼy-harakatlarimizni ilgari surishda faol ishtirok etadi, degan umiddaman.
Janobi Oliylari, Sizga boʻlgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Antoniu GUTERRISH,
BMT Bosh kotibi
* * *
Shuningdek, quyidagilar oʻz qutlovlarini yoʻllagan:
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy
Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer
Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron
Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella
Ispaniya Qiroli Filipp VI
Belgiyaliklar Qiroli Filipp
Avstriya Respublikasi Federal PrezidentiAleksandr Van der Bellen
Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev
Vengriya Prezidenti Yanosh Ader
Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselo Rebelo de Souza
Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis
Slovakiya Respublikasi Prezidenti Zuzana Chaputova
Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman
Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Uli Maurer
Yaponiya Imperatori Naruxito
Singapur Respublikasi Prezidenti Xalima Yakub
Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo
Malayziya Podshohi Al Sulton AbdullohII Riayatuddin al-Mustafo Billoh Shoh
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi PodshohiAbdulla Ikkinchi
Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayxXalifa bin Zoid Ol Nahayon
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi muvaqqat Prezidenti Abdulqodir ibn Saloh
Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid
Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziriShayx Hasina
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos
Afgʻoniston Islom Respublikasi Bosh vaziriAbdulla Abdulla
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dunyuy
Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya
Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al-Usaymin
Rim-katolik cherkovi rahbari Papa Fransisk
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
O‘zA