12-Xalqaro Yutuqlar Sammitida va mukofot marosimi
2019 yil 30 iyunda O'zbekistonning Dubay va Shimoliy Amirliklardagi elchixonasi Bosh konsuli Alisher Salomov 12-Xalqaro Yutuqlar Sammitida va mukofot marosimida sharafli mehmon sifatida ishtirok etdi. Alisher Salomov sammit ishtirokchilariga O'zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda tayyorlangan o'zbek-hind munosabatlarining bugungi ahvoli va istiqboliga bag'ishlangan nutqni taqdim etdi. Shuningdek, O'zbekistonning sayyohlik va sarmoyaviy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan taqdimot sammit ishtirokchilarining va mehmonlarining e'tiboriga havola etildi. Taqdimotda O'zbekistonning sarmoyaviy muhitida yuz berayotgan ijobiy o'zgarishlar yoritildi. Ushbu sammitda Hindiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi korporatsiyalari, korxonalari va etakchi vakillari ishtirok etishdi. Sammit davomida ko'plab shaxslar va tashkilotlar turli sohalardagi muvaffaqiyatlar va yutuqlar uchun mukofotlandilar. Tadbir Xalqaro Yutuqlar konferentsiyasi (IAC) tomonidan tashkil etildi.
IAC faoliyati "muvaffaqiyatli mutaxassislar mamlakatdagi va uning tashqarisidagi infratuzilmalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishiga qanday yordam berishi mumkin" mavzusiga bag'ishlangan. Tashkilot jamiyat va korporativ sektor o'rtasidagi ijtimoiy tadbirkorlarning misollari va muvaffaqiyatli hamkorlik modellarini taqdim etadi. IAC Hindistonning iqtisodiy kun tartibiga oid asosiy masalalarni belgilaydigan va muhokama qilayotgan hind xalqining iqtisodiy, siyosiy, biznes, professional va boshqa rahbarlarini birlashtiradi.